Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
«Paxtakor» asosiy tarkibi «Paxtakor-79»ni xotirladi
. Qo‘shdi: Aman (WapUsta)
. 11 Avgust, 00:55 – . 52

Bugun "Paxtakor" murabbiylar shtabi va futbolchilari "Paxtakor-79" jamoasini yodga olishdi.

11 avgust kuni jamoa ertalabdan Superligada navbatdagi uchrashuvni o'tkazish uchun Qo'qonga yo'l olishi sababli asosiy tarkib a'zolari bugun dastlab "Paxtakor" stadioni hududidagi yodgorlik oldida to'planishdi.

Bu erda ularga marhum murabbiy Idgay Tazetdinovning bevasi Alla Tazetdinova o'sha jamoa haqida so'zlab berdi. So'ng Botkin qabristoni tomon yo'lga chiqildi. U erda qabrlar poyiga gullar qo'yilib, o'tganlar xotirasi uchun duo qilindi.

"Paxtakor" jamoasi hamisha 1979 yilgi aviahalokatda hayotdan ko'z yumgan shonli jamoani yodda saqlaydi!

Manba: stadion.uz

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Hozir saytda: 64 (7/57)
© BUTSA.UZ – 2018