Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
17 o'g'lonsiz 39 yil yoxud «Paxtakor-79» haqida
. Qo‘shdi: Aman (WapUsta)
. 11 Avgust, 01:00 – . 52

1979 yil 11 avgust sanasida “Paxtakor” jamoasi mash'um halokatga yo'liqqan. Minskning «Dinamo» klubi bilan uchrashuvga yo'l olgan o'sha jamoa a'zolari bu o'zlari uchun so'nggi safar bo'lishi mumkinligidan bexabar edilar.

8 avgust kuni Toshkentda Voroshilovgradning “Zarya” klubini 3:1 hisobida dog'da qoldirgan “Paxtakor”ning o'sha tarkibi uchun so'nggi uchrashuvga aylanishini hech bir ishqiboz o'ylab ham ko'rmagandi. 13 avgustda Minskda “Dinamo”ga qarshi belgilangan uchrashuv arafasida ro'y beradigan halokat hali butun millatni larzaga solishini hech kim bilmasdi.

O'zbekistonning faxriga aylangan futbol jamoasi samoda yo'q bo'lib ketdi. Ular millionlab insonlar uchun qahramonlar hisoblanardi. Maydonda har qanday raqibga qarshilik qila oladigan yigitlar samoda taqdir hukmi oldida barcha insonlar kabi ojiz edilar.

1979 yilning 11 avgusti. Toshkent vaqti bo'yicha soat 13dan 35 daqiqa 38 soniya o'tgan. Shu lahzada Toshkent-Gurev-Donetsk-Minsk reysida parvoz qilayotgan TU-134 samolyoti Chelyabinsk-Kishinyov reysini bajarayotgan shu rusumdagi boshqa samolyot bilan to'qnashib ketdi. Fojea erdan 8400 metr balandlikda yuz berdi va ikki samolyot bortida bo'lgan 178 kishi halok bo'ldi. Ular orasida o'sha vaqtda o'zbek futbolining faxri hisoblangan «Paxtakor»ning 17 nafardan iborat tarkibi ham bo'lgan. Afsuski, dispetcherning xatosi ikki yuzga yaqin insonlarni bu hayotdan olib ketdi.

Shu o'rinda biz avialhalokatda hayotdan ko'z yumgan paxtakorchilarni eslab o'tamiz:

Idgay Borisovich Tazetdinov 13.01.1933 MurabbiyVladimir Vasilevich Chumakov 08.12.1932 ShifokorMansur Inomjonovich Tolibjonov 04.04.1944 Ma'murMixail Ivanovich An 19.11.1952 Yarim himoyachiVladimir Ivanovich Fyodorov 05.01.1956 HujumchiOlim Masolievich Ashirov 25.01.1955 HimoyachiRavil Rustamovich Agishev 14.03.1959 HimoyachiKonstantin Aleksandrovich Bakanov 25.05.1954 Yarim himoyachiYuriy Timofeevich Zagumennix 07.06.1947 HimoyachiAleksandr Ivanovich Korchyonov 04.05.1949 Yarim himoyachiNikolay Borisovich Kulikov 25.04.1953 HimoyachiVladimir Vasilevich Makarov 09.03.1947 Yarim himoyachiSergey Konstantinovich Pokatilov 20.12.1950 DarvozabonViktor Nikolaevich Churkin 25.01.1952 HujumchiSirojiddin Ahmadovich Bozorov 10.08.1961 HujumchiShuhrat Mo'sinovich Eshbo'taev 08.02.1959 HujumchiVladimir Valievich Sobirov 14.01.1958 Hujumchi

O'sha jamoa vakillarini eslash maqsadida turli xalqaro turnirlar o'tkazilmoqda, xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Narpayda Sirojiddin Bozorov nomidagi stadion, Navoiyda esa Shuhrat Eshbo'taevning xotirasiga “Shuhrat” nomli futbol maktabi tashkil etilgan.

“Paxtakor” futbol klubining yordami evaziga Kurilovka qishlog'ida jamoani eslatib turuvchi yodgorlik barpo etildi. O'sha hudud yoshlar jamoasi “Paxtakor” deb nomlanadi, ular “Paxtakor” liboslarida maydonga tushib, o'yinlarda ishtirok etishadi.

Bu esa o'sha jamoaga hurmat keltirilayotganini ko'rsatib turibdi. O'sha yoshlar jamoani ko'rganda barcha 1979 yilgi jamoa to'g'risida yodga oladi. Yil davomida yurtimizning turli hududlarida xalqaro turnirlar o'tkazib kelinmoqda.

"Paxtakor-79" jamoasi a'zolarini yodga olish, ularga hurmat keltirish bizning burchimizdir. Sizlarni hech qachon unutmaymiz! "Paxtakor-79" qalbimizda hamisha barhayot!

Manba: stadion.uz

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Hozir saytda: 55 (2/53)
© BUTSA.UZ – 2018