BUTSA.NET
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:13
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
21-asrning erkin agentga aylangan yulduzlari
sana 11 Yanvar, 15:55 korildi 329

21-asrning erkin agentga aylangan yulduzlari

Esteban Kambyasso


«Real Madrid» ga katta umidlar bilan kelgan argentinalik yarim himoyachi jamoada o'z o'rnini topa olmadi. «Qirollik» klubi yangidan yangi yulduzlarn harid qilish ilinjida Kabyasso bilan shartnomani uzaytrishmagan edi, o'sha paytlar. Biroz vaqtdan so'ng Kambyasso erkin agent sifatida «Inter» klubiga o'tib ketadi. «Ko'k-qora»lar safida qahramonimiz naqd 10 yil top suradi. Ayniqsa, Mauriniyo davrida Kambyasso yangi qirallarini ochadi. U erkin agent sifatida kelgan jamoasida 400 dan oshiqroq o'yinlarda ishtirok etib yuzga yaqin go'l uradi. «Inter» jamoasi safida u hamma kuboklarning egasiga aylanadi va «Inter» muxlislari xotirasida iliq taassurotlar bilan qoladi.

Andreya Pirlo


2011-yil boshlanayotgan bir paytda Pirlo 32 yoshda edi. «Milan» klubi qariya futbolchi bilan shartnoma imzolashga u qadar katta ahamiyat bermadi va so'nggi kunlar yaqinlashayotganda juda ham past maosh belgilangan 1 yillik shartnomani taklif qildi. Pirlo esa klub direktori xonasidan indamay chiqib ketdi va boshqa «Milan» bazasiga qaytib kelmadi…

Oradan ko'p o'tmay, «Yuventus» uni o'z safiga qo'shib oladi. Pirlo «Juve» tarkibidagi ikkinchi yoshligini o'tkazadi. Hatto ChL finaligacha boradi. U ketma-ket 4 ta Skudettoni qo'lga kiritgach, 36 yoshida okean ortiga yo'l oladi. «Milan» futbolchidan erta umid uzgani uchun keyinchalik ko'p bor afsuslangan bo'lsa, ajab emas

Kafu


Brazilyalik qanot himoyachisi 33 yoshigacha «Roma» klubi sharafini himoya qiladi. Unga mehnatkashligi va qo'pollikdan yiroqdaligi uchun ham murabbiylar doim asosiy tarkibdan joy berishadi. Avlodlar almashinuvi davri «Roma»da boshlangach, Kafu bilan klub shartnomani uzaytirishdan bosh tortadi. Kafu bundan ortiqcha hafa bo'lmaydi. Yaponiyaning «Yokogama» klubiga o'tishga rozilik bildiradi. Lekin uni Anchelotti «yo'ldan uradi» va «Milan»ga taklif qiladi. 33 yoshlik Kafu yana 5 yil yuqori formada «Milan» sharafini himoya qiladi, klublar doirasidagi jamiki musobaqalarda g'olib bo'ladi. «Roma» esa 21-asr boshidagi g'alabali onlarini boshqa ortga qaytara olmaydi

Robert Levandovski


«Borussiya Dortmund» klubi muhlislari haligacha undan nafratlanishadi. Sababi, u sobiq jamoasining eng ashaddiy raqibiga, yana tekinga o'tib ketgan. Robert «Borussiya Dortmund» taklif qilgan yangi shartnomaga qo'l qo'ymaydida, mavsum tugashini kutadi. Erkin agentga aylangach esa, «Bavariya»ning almashtirib bo'lmas o'yinchisiga aylanadi. Xatto gol urish bo'yicha rekordlarni birin - ketin yangilab tashlaydi.

Bir mashhur sport jurnalisti ushbu vaziyatga mana bunday qilib izoh bergan edi: “21-asrdagi «Bavariya» uchun eng qulay va foydali ish bo'ldi. Hozirda bunday futbolchilar 100million atrofida narhlanishini hisobga olsak, Bavariya byujeddan ancha tejashga muvaffaq bo'ldi”. Darhaqiqat, Levandovski hozirda eng qimmat 9-raqam egalaridan biri hisoblanadi.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
2006-yilgi Jahon Chempionatida ishtirok etgan Ukraina sharafini bir emas naq 7 nafar Andrey ismli futbolchi himoya qilgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 27
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™