BUTSA.NET
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:39
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
BAAda tushunarsiz ikki xil munosabat, ammo...
sana 11 Fevral, 13:15 korildi 118

BAAning «Al-Vahda» klubi mamlakat futbol assotsiatsiyasidan OK-2019 natijalari tahliliga bag'ishlangan favqulodda yig'ilish chaqirishni talab qilmoqda.

Klubning iddaosiga ko'ra, shunday katta turnirga mezbonlik qilib, omadsizlikka yuz tutilgani bois, muvaffaqiyatsizlik sababchilarini jazolash kerak ekan.

Darvoqe, BAA termasi turnir yarim finalida ashaddiy raqiblaridan biri - Qatar milliy jamoasiga sharmandalarcha yutqazgach, mamlakat FA prezidenti Marvan Galaitining iste'foga chiqishi xususida mish-mishlar tarqalgandi. ]

Endi bu gap-so'zlar jiddiylashib, «Al-Vahda» talabi ko'rinishida reallashib bormoqda. Aslida bu klub uncha taniqli emas, ammo mamlakat futboliga ta'sir o'tkazishga qodir.

Agar Galaitining asli dubaylik ekanligi va vaqtida «Al-Nasr» klubi prezidenti sifatida ishlaganini inobatga olsak, amirliklar futbolida hokimiyat uchun kurash yangi tusga kirganini payqash qiyin bo'lmaydi.

Biroq keling, lavozim uchun kurashni o'z holiga qo'yib, asosiy fikrni eslaylik: BAAda oddiygina klub mamlakat termasining qit'a chempionati yarim finalidagi kutilmagan mag'lubiyatini ro'kach qilib, alohida kengash chaqirishni talab qilyapti. O'zbekiston milliy jamoasi esa turnirdan 1|8 finaldayoq chiqib ketdi. Ammo hali hech kim aqalli Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani tashkillash g'oyasini ham oldinga surgani yo'q...

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
Robin van Persi «Feyenoord» safida o‘ynab yurgan kezlari «Gollandiya go‘zali» tanlovi g‘olibasi Sandra ismli qizni zo‘rlaganlikda ayblanib, 2 hafta qamoqda o‘tirib chiqadi. Keyinchalik uning aybsizligi isbotlangan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 35
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™