Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Bahor-2018. Tiago Bezerra oyning eng yaxshilari bilan bir xil ochko jamg'ardi
. Qo‘shdi: Aman (WapUsta)
. 14 Iyun, 01:20 – . 164

Siz-u bizga ko'plab kutilgan va umuman kutilmagan natijalar taqdim etayotganPEPSI Superligada bahor mavsumi yakuniga etdi.

Ortda qolgan 3 oy sarhisob qilinganida, oyning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun kurash ancha qizg'in kechayotganiga guvoh bo'lish mumkin. Zero har oy yangi ijrochilar o'z mahoratini namoyish etib, muxlislar olqishiga sazovor bo'lishmoqda. Mart oyida eng yaxshi bo'lish uchun nomzod bo'lgan o'yinchilar aprelda da'vogarlar safidan joy olishmadi. Bu holat may oyida ham kuzatildi. Faqatgina “Paxtakor” a'zosi Tiago Bezerra 2 marta eng yaxshi futbolchi bo'lish uchun nomzodlar qatoridan joy egalladi va u aprelda uchinchi, mayda esa ikkinchi pog'onani band etdi. Natijada ayni paytga kelib, Bezerra hisobida 3 ochko mavjud va u har uchala oyning eng yaxshisi deb topilgan futbolchilar – Aziz Turg'unboev, Arslonmurod Omonov hamda Sardor Sobirxo'jaev bilan birgalikda eng ko'p ochko jamg'argan futbolchilar bo'lib turishibdi.

Shuningdek, Xurshid G'iyosov hamda Javlon Ibrohimov hisobida 2 ochkodan mavjud. Mart oyida so'rovnoma yakunlariga ko'ra uchinchi bo'lgan Elguja Grigalashvili hamda may oyida uchinchi pog'onani egallagan Shavkat Salomov hisobida mos ravishda 1 ochkodan bor. 

Hozircha bahor mana shunday qizg'in kurashlar ostida yakunlandi. Ana endi bor diqqat-e'tiborimiz yozda bo'ladigan uchrashuvlarga qaratiladi. Ko'ramiz, yozda kimlar muxlislar-u mutaxassislar e'tirofiga sazovor bo'lar ekan… 

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Hozir saytda: 53 (6/47)
© BUTSA.UZ – 2018