BUTSA.UZ
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Bunaqasi kamdan kam bo'ladi! Paraosiyo o'yinlarida faqat O'zbekiston bayroqlari!
SANA 11 Oktyabr, 22:55 OQILDI 164

Indoneziyaning Jakarta shahrida III Paraosiyo o'yinlari davom etmoqda. Mazkur o'yinlarda o'zbekistonlik paralimpiyachilar muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Sportchilarimiz shu kunga kelib 60 dan ziyod medallarni qo'lga kiritib ulgurishgan.

Quvonarlisi, ushbu o'yinlar davomida vatandoshlarimiz uchun yoqimli bo'lgan holat kuzatildi. Kuzatilganida ham bir marotaba emas, to'rt marotaba bunday yoqimli manzaraning guvohi bo'ldik.

Suzish bahslari yakunlariga ko'ra, to'rt marotaba shohsupadan faqat o'zbek farzandlari o'rin olishdi.

Avvaliga 8 avgust kuni erkaklar o'rtasida 100 metrga erkin usulda suzish bahslarida Islam Aslanov, Muzaffar Tursunxo'jaev va Dmitriy Xorlinlar shohsupaga ko'tarildi. Bugun esa Osiyo bunday manzaraga uch marotaba guvoh bo'ldi.

Batterflyay usulida 100 metrga suzish bo'yicha erkaklar o'rtasida Islam Aslanov, Kirill Pankov va Dmitriy Xorlin, ayollar o'rtasida esa Shohsanamxon Toshpo'latova, Fotimaxon Amilova va Nigoraxon Mirzohidovalarga teng keladigan raqiblar topilmadi.

So'ngra, 100 metrga ayollar o'rtasida chalqancha suzish bellashuvlarida ham uch nafar o'zbek qizi Shohsanamxon Toshpo'latova, Nigoraxon Mirzohidova va Fotimaxon Amilovalar marraga raqiblaridan tezroq etib kelishdi.

Kecha Paraosiyo o'yinlarida medallar sifati bo'yicha ham, medallar jamg'arish bo'yicha ham rekord yangilanganligi haqida xabar bergandik. Ta'kidlash lozimki, Jakartada O'zbekiston Paraosiyo o'yinlari tarixida o'zining eng yaxshi natijasini qayd etmoqda.

Manba: stadion.uz

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Online: 61 (4/57)
© BUTSA.UZ – 2018