BUTSA.NET
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:15
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Diyorjon Turopov: «Lokomotiv»da raqobat kuchli»
sana 11 Oktyabr, 23:50 korildi 88

“Lokomotiv” yarim himoyachisi Diyorjon Turopov oldindagi uchrashuvlar haqida o'z fikrlarini bildirdi.

- "Paxtakor"ga qarshi bahs uchun tayyorgarlik a'lo darajada ketmoqda. Murabbiylarning ko'rsatmalari asosida mashg'ulotlarni kuchaytiryapmiz.

Jamoaning bir necha futbolchilari milliy termaning yig'iniga borib qo'shilgan. Albatta, etakchi futbolchilarning o'rni har qanday jamoada bilinadi.

Uch oy davomida jarohat sabab “Lokomotiv” o'yinlarida qatnasha olmadim. Jamoada raqobat juda ham kuchli. Barcha futbolchining o'rnini yopa oladiganlar bor. "Buxoro"ga qarshi bahsda jismoniy holatim tomondan biroz qiynaldim.

Ammo asta-sekinlik bilan oldingi jangovor holatimni tiklamoqdaman. Keyingi o'yinlarda jamoaga iloji boricha ko'proq yordam berishga harakat qilaman.Shu fursatdan foydalanib, O'zbekiston milliy termasiga omad tilayman

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
1998-yilda ingliz hakami Martin Silvester "District Sunday" ligasi bahslaridan birida futbolchini urgani uchun o’ziga qizil kartochka ko’rsatib maydonni tark etgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 26
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™