Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:42
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Doniyor Tohirov: «Sug'diyona» g'alabalarini davom ettiramiz»
sana 10 Noyabr, 00:15 korildi 63

Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati 21-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Buxoro” futzal jamoasini qabul qiladi. Ushbu bahs oldidan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi hamda “So'g'diyona” jamoasining yosh va mahoratli futzalchisi Doniyor Toxirov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-“So'g'diyona”da ekanligimdan xursandman. Bu jamoada ichki muhit a'lo darajada. Shu sababli har bir o'yinga bir  oila bo'lib g'alaba uchun kurashamiz.

Chempionat hal qiluvchi pallasiga kirdi. Turnir jadvalidagi hozirgi o'rnimizdan yuqorilashga harakat qilamiz. Jamoamiz bilan faqat g'alaba uchun kurashamiz. Ushbu turda “So'g'diyona”ning barcha jamoalari g'alaba qozondi. O'ylaymizki, biz ham g'alabani davom ettiramiz va muxislarimizning ishonchini oqlaymiz degan umiddaman” -deydi Doniyor Tohirov.

"So'g'diyona" PFK matbuot xizmati

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
«Qora o‘rgimchak» laqabli buyuk darvozabon Lev Yashin faoliyati davomida 150tadan ortiq 11 metrli jarima zarbasi yo‘nalishini topgan.
Bosh sahifa
Online: 1 / 42
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.UZ, 2018–2019™