Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:19
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
EChL. «O'lim guruhi»da vaziyat chigallashdi (video)
sana 7 Noyabr, 07:20 korildi 893

Evropa chempionlar ligasining 4-turidan so'ng "S" guruhida vaziyat ancha chigallashdi. Guruh peshqadami "Liverpul" safarda "Tsrvena Zvezda"ga imkoniyatni boy berib qo'ygani haqida xabar berib o'tgandik."Napoli" va "PSJ" jamoalari o'rtasida Neapol shahrida bo'lib o'tgan o'yin ham durang bilan yakunlandi. Parijliklar birinchi bo'lim so'ngida Bernatning goli evaziga hisobni ochgan bo'lsalar, ikkinchi bo'lim o'rtalarida Insine penaltidan hisobni tenglashtirdi. Bu jamoalarning Parijda bo'lib o'tgan o'yinida ham g'olib aniqlanmagandi.Bu guruhda 4-turdan so'ng "Liverpul" va "Napoli" hisobida 6 ochko mavjud. "PSJ" 5 ochko bilan uchinchi, "Tsrvena Zvezda" esa 4 ochko bilan so'nggi o'rinni egallab turibdi.EChL, "S" guruhi. 4-turNapoli Italiya – PSJ Frantsiya 1:1 (0:1, 1:0)Gollar: 0:1 – 45 Bernat, 1:1 – 62, penalti Insine. Napoli – Ospina, Maksimovich (Xyusay, 76), Albiol, Kulibali, Mariu Ruy, Kalexon, Allan, Gamshik, Fabian Ruis (Zelinski, 71), Mertens (Una, 83), Insine.PSJ – Buffon, Markinos, Tiago Silva, Kerer (Shupo-Moting, 90), Mene (Kimpembe, 73), Di Mariya (Kavani, 77), Verratti, Draksler, Bernat, Mbappe, Neymar.Ogohlantirishlar: Mbappe (29), Kerer (32), Fabian Ruis (45), Verratti (89), Neymar (90).

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
EURO-2012 kubogi 8 kg va 60 santimetrga teng bo'lgan.
Bosh sahifa
Online: 3 / 39
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.UZ, 2018–2019™