BUTSA.NET
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:47
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
EChL. Chorak final va yarim final qur'asi haqida
sana 14 Mart, 04:20 korildi 569

Evropa chempionlar ligasida chorak finalga chiqqan 8 jamoaning nomi aniq bo'ldi. Avvalgi yillardan farqli ravishda UEFA bu safar chorak final va yarim final bosqichiga qur'ani birdaniga tashlashga qaror qildi. Qur'a jarayoni haqidagi foydali ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilamiz.Chorak finalchilarQuyida jamoalar musobaqada o'z ishtiroklarini davom ettirishmoqda:"Ayaks" (Gollandiya)"Manchester Yunayted" (Angliya)"Portu" (Portugaliya)"Tottenxem" (Angliya)"Yuventus" (Italiya)"Manchester Siti" (Angliya)"Barselona" (Ispaniya)"Liverpul" (Angliya)Qachon va qaerda?Chorak final va yarim finalga qur'a tashlash marosimi 15 mart, juma kuni UEFA qarorgohi joylashgan Shveytsariyaning Non shahrida bo'lib o'tadi. Marosim Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi. Qur'a mexanizmi— Qur'adan avval jamoalar savatchalarga ajratilmaydi. — Bir mamlakat vakillari o'zaro to'qnash kelishi mumkin. — Chorak final qur'asidan keyin yarim finalga ham darhol qur'a tashlanadi. — Finalda nominal mezbon nomini aniqlash uchun ham qur'a tashlanadi.Qaerda tomosha qilish mumkin?Qur'a marosimini Futbol TV, Match TV va Match Futbol-1 kanallarini orqali tomosha qilish mumkin.Qolgan o'yinlar taqvimi9/10 aprel: chorak final, dastlabki o'yinlar16/17 aprel: chorak final, javob o'yinlari30 aprel/1 may: yarim final, dastlabki o'yinlar7/8 may: yarim final, javob o'yinlari1 iyun: Final - "Metropolitano" stadioni, Madrid

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
Stenli Matteus 33 yillik faoliyati davomida biror marta ham ogohlantirilmagan yagona futbolchi. Eslatib o'tamiz, "Oltin to'p"ning birinchi sohibi aynan shu futbolchi sanaladi.
Bosh sahifa
Online: 0 / 41
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™