BUTSA.UZ
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Gattuzo: "Jarohatlar? "Milan" ro'molcha olib yig'lamaydi"
BOLIM Futbol yangiliklari
SANA 9 Noyabr, 16:15 OQILDI 44

"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Evropa ligasida "Betis" bilan uchrashuvdan so'ng (1:1) Italiya chempionatida "Yuventus"ga qarshi o'yinda duch keladigan jarohatlar haqida gapirdi.

"Milan" 4 oy avval Lukas Bigliyani yo'qotgan edi. Mateo Musakko Ispaniyada maydonni zambilda tark etdi, Xakan Chalxano'g'li esa tovonini jarohatlab oldi.

Bundan tashqari, yakshanba kungi o'yinda Davide Kalabriya, Jakomo Bonaventura va Gonsalo Iguainning maydonga tushishlari so'roq ostida.

"Bizda nechta o'yinchi qolganini sanaymiz. Shifokorlarning fikrlarini ham kutamiz. Men shifokor emas, murabbiyman.

Biz jang qilamiz, bahona izlash - hech qaerga eltmaydigan yo'l. Maskkoning g'ayratini bilaman, u o'ynash uchun hamma narsa qiladi. Chalxano'g'lida oddiy lat eyish. Ko'ramiz."Yuventus" - faqat Italiyadagina emas, Evropadagi eng yaxshi klublardan biri. Ammo biz ro'molcha tutib yig'lashga tushmaymiz. Biz o'z o'yinmizni o'ynaymiz", - deydi Gattuzo.

Manba: stadion.uz

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Online: 57 (2/55)
© BUTSA.UZ – 2018