BUTSA.UZ
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Ilzat Ahmetov Rossiyada yilning eng yaxshi yosh o'yinchisi bo'ldi
SANA 6 Dekabr, 17:55 OQILDI 102

Moskvaning TsSKA klubining 20 yoshli yarim himoyachisi Ilzat Ahmetov Rossiyada yilning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi. Bu Rossiya OAV xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, Ahmetov “Birinchi beshlik” sovriniga ega chiqdi. 20 yoshli futbolchi sovrin uchun kurashda 202 ball yig'ib birinchi bo'ldi. U bu yo'lda Ivan Oblyakov (TsSKA 177 ball), Dmitriy Skopintsev (“Rostov” 111) va Aleksandr Maksimenko (“Spartak” 104)ni ortda qoldirdi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili mazkur sovrin TsSKA hujumchisi Fyodor Chalovga, undan oldin esa hozirda “Monako” futbolchisi bo'lgan Aleksandr Golovinga nasib qilgandi. Mazkur sovrinni turli yillarda Aleksandr Kerjakov, Igor Akinfeev hamda Aleksandr Kokorinlar ham qo'lga kiritgan.

Manba: stadion.uz

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Online: 76 (11/65)
© BUTSA.UZ – 2018