BUTSA.NET
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:43
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Kamondan otish. Turkiyadagi yig'in o'zining qizg'in pallasiga kirgan
sana 11 Yanvar, 14:35 korildi 34

Xabaringiz bor, terma jamoalarimiz Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan ishlab chiqilgan strategiya asosida Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Shu munosabat bilan kamondan otish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Turkiyaning Samsun shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini davom ettirishmoqda.

Merganlarimiz mazkur yig'in doirasida Turkiya ochiq chempionati, shuningdek Gruziyadagi turnirda ham ishtirok etishdi.

Terma jamoamiz mashg'ulotlarni quyidagi tarkibda olib bormoqda:

Sardor RustamovZokirjon GafurovJamshid SodiqovAbdulboriy OloviddinMunira NurmanovaZiyodaxon AbdusattorovaKamola YunusovaAnastasiya Soldatenko

Murabbiylar:

Gulnora AripovaVladimir Lekvishvili (Turkiya).

Yig'in 27 yanvarga qadar davom etadi.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston kamondan otish bo'yicha xech qachon Olimpiya o'yinlarida qatnashmagan. O'zbekiston kamondan otish federatsiyasi oldiga Yaponiya Olimpiadasiga litsenziya qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
"Manchester Yunayted" APLdagi o'yinlarda birinchi bo'limdan so'ng hisobda oldinga chiqib olgan bo'lsa, o'sha o'yinda xech qachon yutqazmagan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 25
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™