Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Katta xaridlar, ammo katta foyda… «Real»ning sarmoya masalasi
. Qo‘shdi: Aman (WapUsta)
. 10 Avgust, 19:00 – . 839

El Mundo nashri (Ispaniya)ning hisob-kitobiga ko'ra, «Real» klubi mavsum-2014|2015dan buyon Evropa Chempionlar Ligasi atalmish durdona turnirda 3 marta g'olib chiqish barobarida transferlarga bog'liq operatsiyalardan foyda olish bobida «ko'hna qit'a»dagi naq 222ta jamoani ortda qoldirgan.

Vaholanki, madridliklar deyarli har safar futbol bozorida katta-katta xarajatga qo'l urishadi. Xo'sh, ular mislsiz sarfga qaramay, nimaning hisobiga plyus bilan chiqishyapti?

PERES IQTISODIYoTI

Shu yil boshida Ispaniyaning yana bir etakchi sport nashri - Marca ko'pchilikni hayratga solgan ma'lumotni taqdim etdi: «Real» yozgi transferlar bozorida chamasi 300 million evro ishlashni ko'zlamoqda». Buning ortidan tabiiy savol tug'ildi - shuncha mablag' qaerdan yoki nimaning evaziga keladi?

Har holda, «Qirollik klubi» tepasida bitmas-tuganmas neft zaxirasi yoki qandaydir sirli qatarcha biznes yo'q. Aniqroq ifoda etsak, klubni iqtisod tarafdori, ya'ni hisob-kitobni yaxshi ko'ruvchi evropalik tadbirkor bosh-qarmoqda.

Xullas, hammani qiziqtirgan savol javobi aynan jamoa prezidentiga bog'liq: Florentino Peres oxirgi yillarda transfer bozorida o'zini o'ta aqlli va bosiq tutdi. Shuning natijasida kattagina mablag' iqtisod qilindi.

U endilikda yangi «galaktikos» yaratish ilinjida millionlarni to'rt tomonga «sochish» bilan shug'ullanayotgani yo'q. Binobarin, «Real» so'nggi paytlarda Krishtianu Ronaldu (2009 yil, 94 million evro) va Garet Beyl (2013 yil 101 million evro) transferiga o'xshash megaxaridlarni amalga oshirishdan tiyildi.

PUL OSMONDAN TUShMAYaPTI

«Real» 2014 yilning iyulida «Monako»ga Xames Rodriges uchun75 million evro to'laganidan keyin yorqin yulduzlar emas, balki mehnatkash futbolchilarni sotib olishga e'tibor qaratdi. Shu tariqa «oldi-sotti» operatsiyalari bo'yicha sekin-asta foydaga chiqdi. Bunga Evropa maydonlaridagi ulkan g'alabalar ortidan kelgan bonuslarni qo'shing...

Har holda, ChLdagi ketma-ket 3ta zafar nafaqat «Madrid» muzeyini sovrinlar bilan boyitdi, balki klub g'aznasini ham ancha to'ldirdi. Shuningdek, Ispaniya grandi AQSh kompaniyalaridan biri bilan yangi homiylik shartnomasini rasmiylashtirdi.

Unga asosan, amerikaliklar «Madrid»ning raqamli huquqlaridan foydalanish evaziga 4 yilda naq 200 million evro berishadi. Xullas, «Real» o'tgan moliyaviy yilni 178 million evroga teng ijobiy balans bilan yopdi. Ha, Marca ta'kidlagan mablag' Fors ko'rfazi osmonidan olingan emas...

NAQ 222ta KLUBDAN OLDINDA

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so'nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to'plamda.

Manba: stadion.uz

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Hozir saytda: 55 (2/53)
© BUTSA.UZ – 2018