BUTSA.UZ
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Kutilmagan holat! Ruslan Nuriddinov dast ko'tarishni muvaffaqiyatsiz yakunladi
BOLIM Futbol yangiliklari
SANA 9 Noyabr, 18:35 OQILDI 103

Turkmaniston poytaxti Ashxobot shahrida og'ir atletika bo'yicha jahon chempionatida bugun erkaklar 109 kg. vazn toifasida bahslarda ishtirok etishmoqda. "A" guruhi vakillari dast ko'tarish bo'yicha o'z omadlarini sinab ko'rishdi.Jahon va olimpiada chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi — Ruslan Nuriddinov, afsuski, dast ko'tarishdagi urinishlarini muvaffaqiyatli bajara olmadi. Ruslan avvaldan ilk urinishga 185 kg. buyurtma bergandi. Ammo musobaqa davomida buyurtma 2 kg.ga oshirildi. Nuriddinov shtangani ko'tardi, ammo hakamlarning ikki nafari urinishni inobatga olmadi. Bu holat vatandoshimizga ruhiy jihatdan salbiy ta'sir ko'rsatdi shekilli, u ikkinchi va uchinchi urinishlarda 189 kg.li toshni ko'tara olmadi. Shu tariqa, Ruslan Nuriddinov dast ko'tarishda medalsiz qoldi. Tabiiyki, u ikki urinish bo'yicha ham medalga ega chiqmaydi. O'zbekistonlik sportchi endi siltab ko'tarishda muvaffqiyatga erishishga urinib ko'radi. U dastlabki urinishga 225 kg.ga buyurtma bergan.Dast ko'tarishda xitoylik Yang Je 196 kg. bilan oltin medalni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin armanistonlik Simon Martirosyanga nasib etgan bo'lsa (195 kg.), bronza medali rossiyalik Rodion Bochkovga taqdim etiladi.Biroz keyin siltab ko'tarish mashqlari boshlanadi.

Manba: stadion.uz

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Online: 71 (2/69)
© BUTSA.UZ – 2018