BUTSA.UZ
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Mourino: "Italiya politsiyasiga rahmat"
BOLIM Futbol yangiliklari
SANA 8 Noyabr, 08:25 OQILDI 307

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino EChLda "Yuventus"ga qarshi o'yindan so'ng (2:1) fikrlarini bildirdi.

"Bu yaxshi top o'yin bo'ldi. Biz yuqori saviyada o'ynadik. Goldan so'ng o'zimizga kelib olish uchun 5 daqiqa kerak bo'ldi, ammo jamoa oxirigacha o'ynadi.

Bu ajoyib italyan kechasida nimadir qildim (Mourino qo'lini qulog'iga qo'yib, tribunalarga qaradi). Bilaman bu g'alabadan millionlab odamlar shod bo'ldi. Ammo "Yuventus" va ularning saviyasini hurmat qilaman. O'z yigitlarim bilan faxrlanaman, chunki ular qo'llaridan kelganini qilishdi.

"Yuventus"da fenomenal o'yinchilar bor. Ronalduning goli chiroyli bo'ldi, to'pni esa markaziy himoyachi (Bonuchchi) oshirdi. Bu o'z uyida ajoyib o'yin ko'rsatadigan fantastik jamoa.

Uyimizda bir o'yinimiz qoldi - "Yang Boyz"ga qarshi. Agar to'g'ri hisoblagan bo'lsam, biz pley-offga chiqamiz (agar "Valensiya" "Yuventus"ni yutib qo'ymasa).

Bugun bizni ajoyib kuzatishdi, Italiya politsiyasiga rahmat.Umid qilamanki, biz uch ochko olamiz", - deydi Mourino.

Manba: stadion.uz

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Online: 49 (5/44)
© BUTSA.UZ – 2018