Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Navbatdagi velosiped sayllari Jizzax viloyatida o'tkaziladi
. Qo‘shdi: Aman (WapUsta)
. 14 Iyun, 01:45 – . 108

O'zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi Siz aziz hamyurtlarimizni va yurtimiz velosiped sporti ixlosmandlarini Federatsiya tomonidan tashkil etilayotgan navbatdagi “Velosipedchilar sayllari”ga taklif etadi.

Sport bayrami bu safar 18 iyun kuni Jizzax shahridagi «Sharof Rashidov bog'i»da, 21 iyun kuni esa Zomin tumanidagi «Zomin istiroxat bog'i»da o'tkaziladi.

Tadbirlar soat 16:00 dan 19:00 gacha bo'lib o'tadi.

“Velosipedchilar sayli”da O'zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi tomonidan tajribali murabbiylar, mutaxassislar va respublikamizdagi taniqli sportchilar master-klass o'tkazishadi.

O'zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi barcha havaskor velosipedchilar, velosiped ixlosmandlarini ushbu sayllarga taklif etadi.

“Velosipedchilar sayli”da velosipeddan foydalanish istagida bo'lgan ishtirokchilar o'sha kuni soat 16:00 dan 19:00 gacha pasportlari bilan ro'yxatdan o'tib, bepul velosiped oladilar. Shundan so'ng belgilangan hududda sayl qilishlari mumkin bo'ladi.

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Hozir saytda: 66 (7/59)
© BUTSA.UZ – 2018