BUTSA.UZ
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
APL. Reshford dubli «Manchester Yunayted»ga g'alaba keltirdi
SANA 10 Mart, 22:04 OQILDI 170

. Yuklab olish

APL 30-turida «Manchester Yunayted» o'z maydonida «Liverpul» bilan bellashdi.

14-daqiqada Markus Reshford himoyachining xatosidan foydalanib hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o'tgach, u hisobdagi farqni oshirdi. Ikkinchi bo'limda Bayi o'z darvozasini ishg'ol qilib, «Liverpul» muxlislariga umid bag'ishlagan edi. Biroq, «Manchester Yunayted» o'yin oxiriga qadar g'alaba keltiruvchi hisobni ushlab qoldi.

Bu natijadan so'ng, «Manchester Yunayted» 65 ochko bilan 2-o'rinda, «Liverpul» 60 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda.

APL, 30-tur
Manchester Yunayted – Liverpul 2:1 (2:0, 0:1)
10 mart, «Old Trafford» stadioni

Gollar:1:0 – 14 Reshford, 2:0 – 24 Reshford, 2:1 – 66, avtogol Bayi.

Manchester Yunayted– De Xea, Bayi, Smolling, Valensiya, Maktomini, Yang, Mata (Lingard, 89), Matich, Sanches (Darmian, 90), Reshford (Fellayni, 70), Lukaku.

Liverpul– Karius, Lovren, Robertson (Solanke, 84), Aleksander-Arnold (Veynaldum, 80), van Deyk, Firmino, Oksleyd-Chemberlen (Lallana, 62), Salax, Jon, Mane, Milner.

Manba: tribuna.uz
Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Online: 93 (11/82)
© BUTSA.UZ – 2018