BUTSA.UZ
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Ramosning sirli ravishda g'oyib bo'lishi «Real»ga foyda keltirdi
SANA 10 Mart, 22:10 OQILDI 201

. Yuklab olish

73-daqiqada, hisob 1:1 bo'lib turgan vaziyatda Serxio Ramos maydondan yo'qolib qoldi. U bosh hakamga murojaat qildi va zudlik bilan kiyinish xonasiga kirib ketdi. 5 daqiqadan so'ng, Ramos maydonga qaytdi, Krishtianu Ronaldu esa gol urib, jamoasiga g'alaba keltirdi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida Zidan: «Menimcha u kichik ehtiyojini qondirish uchun chiqib ketdi» - dedi.

Serxio esa tvitter sahifasida: «Tabiiy ehtiyojni ham qondirish kerak. Tezda u yoqdan bu yoqqa borib keldim. Qayta zaryad oldim. Gol urdik. Endi uyga ketyapmiz. Bo'sh kelmanglar!» - degan yozuvni qoldirdi.

Manba: tribuna.uz
Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Online: 56 (6/50)
© BUTSA.UZ – 2018