BUTSA.UZ
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
"Neftchi" murabbiyi: "Biz raqibga nisbatan bir bosh ustun o'ynadik"
SANA 10 Mart, 22:45 OQILDI 142
"So'g'diyona" - "Neftchi" (0:0) o'yinidan so'ng "Neftchi" murabbiyi Bahrom Haydarov miks-zonada o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. - Bahs yuqori suratda o'tdi. Xar ikkala jamoa ham uchrashuv boshida o'zlarida yaxshi taassurot qoldirishdi. Biroq injiq ob-havo sharoiti jamoalarga o'ynash uchun to'sqinlik qildi. Baribir qiziq o'yin ko'rdik."Neftchi" ikkinchi bo'limda jonlandi. Xatto raqibga nisbatan bir bosh ustun to'p surdi. Jizzax jamoasiga xurmat saqlagan holda shuni aytamanki, bugun "Neftchi" g'alabaga loyiq edi. Biz Jizzaxga uch ochko uchun kelgandik. Afsuski, buning uddasidan chiqa olmadi. Endi e'tiborimizni keyingi o'yinlarga qaratmiz, - dedi Bahrom Haydarov.

Manba: CA

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Online: 79 (10/69)
© BUTSA.UZ – 2018