BUTSA.UZ
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Vitaliy Mirniy: "Shamol bo'lmaganda o'yin boshqacha ruhda kechardi"
SANA 10 Mart, 22:55 OQILDI 155
"So'g'diyona" - "Neftchi" (0:0) o'yinidan so'ng "Neftchi" darvozaboni va farg'onaliklar safida "o'yinning eng yaxshi o'yinchisi" deb topilgan Vitaliy Mirniy o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. - Og'ir o'yin o'tkazdik. Raqiblarimiz ham bizga qattiq qarshilik ko'rsatishdi. O'yinni ko'rish uchun Farg'onadan ko'plab muxlislar kelganini ko'rdim. Albatta o'yin davomida ularning daldasini his etib turdik. Ularga katta rahmat.O'zingiz qanday bo'ron bo'lganini ko'rdingiz. Bunday ob-havoda to'p surish juda mushkul. O'zbekistondagi ilk rasmiy bahsimni o'tkazdim. Taassurotlar ijoyib. Ochig'i, bugungi ob-havo uchrashuv natijasiga jiddiy ta'sir o'tkazdi. Shamol bo'lmaganda balki o'yin boshqacha ruhda kechardi - dedi Mirniy. 

Manba: CA

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Online: 56 (6/50)
© BUTSA.UZ – 2018