BUTSA.UZ
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Urugvay futbol assotsiatsiyasi O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazilishini tasdiqladi
SANA 10 Mart, 23:35 OQILDI 147
Avvalroq O'zbekiston Milliy terma jamoasi joriy yilning 7 iyun kuni safarda Urugvayga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishi haqida xabar qilgan edik. Bu xabarni Urugvay futbol Assotsiatsiyasi ham o'z saytida tasdiqladi.“Urugvay milliy terma jamoasi Rossiyada o'tadigan Jahon chempionati oldidan so'nggi tayyorgarlikni O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o'yin bilan o'tkazadi. Uchrashuv 7 iyun payshanba kuni soat 20:00da (mahalliy vaqt) “Centenario” o'yingohida bo'lib o'tadi”, - deyiladi xabarda.Shu paytga qadar Urugvay va O'zbekistonning milliy terma jamoalari o'zaro o'yin o'tkazishmagan. Bu uchrashuv ikki milliy terma jamoa tarixidagi birinchi o'yin bo'ladi.

Manba: CA

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Online: 87 (4/83)
© BUTSA.UZ – 2018