BUTSA.UZ
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Levandovski 6-xet-trikini nishonladi va...
SANA 11 Mart, 00:05 OQILDI 169
“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Germaniya chempionatining 26-turida “Gamburg” darvozasiga uchta gol kiritib, xet-trikka erishdi. 29 yoshli polshalik futbolchi birinchi bo'limda dublga erishgan bo'lsa, 86-daqiqada penaltini amalga oshirolmadi. Ammo 90-daqiqada ikkinchi bor belgilangan penaltini golga aylantirdi.Levandovski “Bavariya” tarkibida Bundesligada 100 ta gol kiritgan 6-futbolchi bo'ldi. U Tomas Myuller va Diter Xennes (102 ta gol), Karl-Xaynts Rummenigge (162 ta gol), Roland Volfart (199 ta gol) va Gerd Myuller (365 ta gol)dan ortda qolmoqda.Polsha termasi sardori Bundesliga tarixida 7 ta xet –trik qayd etgan dastlabki legionerga aylandi. Joriy mavsumda u Germaniya chempionatining 24 ta uchrashuvida 23 ta gol urishga erishdi. 

Manba: CA

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Online: 72 (8/64)
© BUTSA.UZ – 2018