BUTSA.UZ
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Bugun futbol. «Neftchi» – «Sug'diyona»
BOLIM Futbol yangiliklari
SANA 9 Noyabr, 01:30 OQILDI 20

Bugun Farg'onada katta futbol oqshomi! Superliganing 30-turida "Neftchi" jamoasi Jizzaxning "Sug'diyona" jamoasini o'z maydonida qabul qiladi.

Farg'ona klubi 9 noyabr oqshomida mavsumning eng muhim o'yinlaridan birini o'tkazadi. Chempionatning quyi oltitaligida kurash olib borayotgan eng asosiy raqiblarimizdan biri sanalgan "So'g'diyona" "Istiqlol" stadioniga tashrif buyuradi.

O'YINNING AHAMIYaTI

Bellashuvning ahamiyati borasida ko'p fikr bildirish shart emas. Mavsumning so'nggi bellashuvlaridan biri sanalgan bugungi raqobat hal qiluvchi printsiplarni o'z qamroviga olmoqda. Bugungi bahs oldidan "Neftchi" jamoasi turnir jadvalida so'nggi pog'onani band etgan bo'lib, asosiy ta'qibchilaridan uch hamda to'rt ochko farqda ortda qolmoqda. Albatta bu katta tafovut emas. Shunday ekan, oldindagi o'yin ochkosini oltinga qiyoslash mumkin. "Neftchi" jamoasi   Mavsum-2018dagi so'nggi  ikki uy uchrashuvini "So'g'diyona" hamda "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazadi. Aytish kerakki, yakunda ushbu o'yinlar natijalari ko'p narsani hal qilib beradi.

O'ZARO O'YINLAR

"So'g'diyona" uchun "Neftchi"ga qarshi chempionat bellashuvlari joriy mavsumda ancha omadli kelmoqda. 2018-yilda jamoalar 2 marta Jizzaxda va 1 marta Farg'onada o'yin o'tkazishgan bo'lsa, ushbu bellashuvlarning 2 tasida jizzaxliklarning qo'li baland keldi. Jizzaxda kechgan 2-tur o'yinida nursiz durang qayd etilgan edi. 0:0. Joriy mavsumdagi 4-o'zaro o'yin kim uchun omadli keladi ? Bu savolga bugun oqshom javob olamiz.

YoShLAR LIGASI

Afsuski, Abdusamad Do'rmonov shogirdlarining g'alabali seriyasini Yoshlar ligasining so'nggi o'rin sohibi to'xtatdi. AGMK hamda "Nasaf"ga qarshi irodali o'yinlarni o'tkazgan yosh farg'onaliklar "So'g'diyona" o'rinbosarlariga mag'lub bo'lishdi. O'yin taqdirini birgina penalti hal etdi. Jamshid Qobulov 84-daqiqada to'pni qaytarish chog'ida uni qo'li bilan o'ynadi va namanganlik hakam G'ayrat Jo'raev mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. Mehmonlar birgina imkoniyatdan unumli foydalanishdi.

Qadrli futbol muxlislari! Bugun sevimli "Neftchi" jamoasi uchun eng muhim o'yinlardan biri ekanligini aloxida ta'kidlagan bo'lar edik hamda barcha farg'onaliklarni "Istiqlol" stadionida kechadigan muhim futbol bahsiga "Neftchi" jamoasini qo'llab-quvvatlash maqsadida chorlaymiz! O'yin soat 18:00da start  oladi.

"Neftchi" matbuot xizmati

Manba: stadion.uz

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Online: 51 (5/46)
© BUTSA.UZ – 2018