BUTSA.UZ
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
«MYu» himoyachisi faoliyatini London klubida davom ettirishi mumkin
SANA 7 Dekabr, 09:25 OQILDI 94

Angliyaning “Vest Xem” klubi “Manchester Yunayted”ning ekvadorlik himoyachisi Antonio Valensiyaga qiziqib qoldi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, London klubi futbolchini kelasi yozda jamoaga olib kelmoqchi. Shuningdek futbolchining “MYu” bilan shartnomasi ham yozda yakuniga etadi. Shu tariqa futbolchi erkin agent sifatida tekinga Londo klubiga o'tishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, 33 yoshli futbolchi joriy mavsum “MYu” safida barcha musobaqalarda 6 ta o'yinda maydonga tushdi.

Manba: stadion.uz

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Online: 67 (10/57)
© BUTSA.UZ – 2018