BUTSA.UZ
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Namanganda Konstitutsiyamizning 26 yilligiga bag'ishlangan futbol turniri bo'lib o'tdi
SANA 7 Dekabr, 09:25 OQILDI 17
Namanganda mini-futbol bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligiga bag'ishlangan vodiy ochiq birinchiligi bo'lib o'tdi.   Ushbu turnirda 60 yoshdan katta bo'lgan faxriy futbolchilardan tashkil topgan vodiyning  8 ta jamoasi ishtirok etdi. Bular: “Xotira-79”, “Navqiron”, “Superfaxriylar”, “Yangiqo'rg'on”, “Andijon”, “Olimpiya”, “Qo'qon-1912”, “Rishton”.   Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o'tgan uchrashuvlar natijasiga ko'ra, “Xotira-79” faxriylar jamoasi musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi. Finalga qadar ajoyib o'iyn namoysh etib, muxlislar mehrini qozonishga erishgan “Qo'qon-1912” faxriylari finalda namanganliklarga yutqazib qo'yishdi va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Andijonning “Olimpik” jamoasi esa uchinchi o'rin sohibi bo'ldi. Musobaqa yakuniga ko'ra, g'olib va sovrindorlar hamda nominatsiyalar g'oliblari homiylar tomonidan tantanali tarzda taqdirlanishdi.

Manba: stadion.uz

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Online: 87 (11/76)
© BUTSA.UZ – 2018