BUTSA.UZ
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi «Chig'atoy» sport bazasida yig'in o'tkazmoqda
SANA 7 Dekabr, 10:05 OQILDI 22
zbekiston o'smirlar terma jamoasi ayni kunlarda poytaxtimizdagi "Chig'atoy" sport bazasida yig'in o'tkazmoqda. Azamat Abduraimov yig'in davomida 50 nafarga yaqin futbolchilarni ko'zdan kechirishni maqsad qilgan.  Yig'inning dastlabki kunlarida terma jamoada hali o'yin o'tkazmagan, avvalgi yig'inlarda ishtirok etmagan futbolchilar qatnashishdi. Kecha 6 dekabr kuni ular 2004 yil tavallud topgan Toshkentning "Spartak" jamoasi futbolchilariga qarshi nazorat o'yini o'tkazib, 1:1 hisobida durang qayd etishdi. Yig'inning ikkinchi qismida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining asosiy tarkib futbolchilar qatnashadi. Ular yig'in davomida ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Yig'in 10 dekabrga qadar davom etadi.

Manba: stadion.uz

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Online: 55 (6/49)
© BUTSA.UZ – 2018