BUTSA.UZ
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
OAV xodimlari Butunjahon shaxmat Olimpiadasi qahramonlarini taqdirlash marosimiga taklif qilinadi
SANA 6 Dekabr, 13:25 OQILDI 25

Xabaringiz bor, bir necha kun oldin Turkiyaning Konya shahrida o'smirlar o'rtasida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bo'lib o'tdi. Ushbu nufuzli musobaqada o'zbekistonlik yosh aql-idrok sohiblari o'zbek shaxmati tarixida ilk marotaba birinchi o'rinni qo'lga kiritdilar.

Bugun, 6 dekabr kuni Butunjahon shaxmat Olimpiadasi qahramonlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi. Marosimda yosh shaxmatchilarimizga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg'alari taqdim etiladi.

Tadbir Shaxmat bo'yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida, soat 15:30 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Online: 56 (6/50)
© BUTSA.UZ – 2018