Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:40
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
O'zbek klublari tarixidan – «So'g'diyona»
sana 11 Yanvar, 13:00 korildi 41

“So'g'diyona” futbol klubi 1970 yilda Jizzax viloyatida “Jizzax” nomi ostida tashkil topgan. 

Jamoa 1992 yilgi birinchi O'zbekiston chempionatida juda muvaffaqiyatli ishtirok etgan va natijada “So'g'diyona” Oliy ligadagi ilk mavsumida bronza medallari egasiga aylangan. O'sha yili ikkita jamoa, ya'ni “Paxtakor” va “Neftchi” chempion bo'lganligi sababli, kumush medal xech bir klubga topshirilmagan.  Jizzaxliklar esa 3-o'rin egasi sifatida e'tirof etilishgan.

2002 yilgacha Oliy ligada qatnashib kelgan “So'g'diyona”, shu yili 16 o'rinni egallab, 2003 yilgi mavsumni Birinchi ligada o'tkazgan. Quyi ligada birinchi o'rinni egallab, 2004 yili Oliy ligaga qaytgan va 2006 yili Birinchi ligaga tushib ketgan. O'sha yillari jamoaga barqarorlik etishmagan va natijada yana bir necha yil klub elita va quyi ligada navbatma-navbat ishtirok etgan. 2013 yildan buyon yuqori divizionda muntazam o'ynab kelmoqda. 

 

Erishgan yutuqlari

O'zbekiston chempionati bronza medali sohibi (1992)

PFL Kubogi sohibi (2011, 2012)

 

Jamoada to'p surgan mashhur futbolchilar

Vadim Abramov

Oleg Morozov

Pyotr Gizimchuk

Sergey Zirchenko

Stepan Atoyan

Aleksey Jdanov

Anvar G'ofurov

Davron Fayziev

No''mon Hasanov

Rustam Zabirov

Sergey Lebedev

Spartak Murtazoev

Devid Oniya

 

Jamoani boshqargan mashhur murabbiylar

Viktor Borisov

Axrol Inoyatov

Gennadiy Krasnitskiy

Sergey Dotsenko

Rauf Inileev

Suyun Murtazoev

Oleg Tyulkin 

Davron Fayziev

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
“Real” “Barselona”dan 7 ochko ortda qolganda hech qachon La Ligani yuta olmagan.
Bosh sahifa
Online: 63 (4/59)
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.UZ, 2018–2019™