BUTSA.NET
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:31
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
O'zbek sportining shonli laxzalari shu yigit bilan bog'liq
sana 14 Mart, 21:55 korildi 106

O'zbek sportini butun dunyo  tan oladigan vaqt kelgandek, goyo.  Ayniqsa, bokschilarimizning «Rio – 2016»  olimpiyadasida ko'rsatgan vatanparvarliklari ko'plab xorij nashrlarida ham anchagina shov-shuv ko'tarilishiga sabab bo'ldi. To'grisi, o'zbek sporti tarixidagi eng shirin lahzalar haqida xotirlasak, ko'pchilikning Fazliddin G'oyibnazarovning Satamayor bilan  finaldagi jangi ko'z oldiga keladi…

Bokschimiz olimpiyada  g'olibligi uchun avvaliga yarim finalda o'zi uchun eng noqulay raqib sanaladigan rossiyalik Vitaliy Dyunaytsev bilan ringga ko'tarilgani ko'pchilikning yodida bo'lsa, ajab emas. Avvaliga ochkolar borasida ortda qolayotgan hamyurtimiz 3-raundda bor kuchini jangga tashladi va g'alabani raqibining qo'lidan yulqib olgan edi.

Final oldidan boksni tomosha qilish uchun oilamiz bilan televizor atrofiga yig'ilganimiz shundoqqina yodimda…

O'sha bahs davomida raqib ajdarho misol to'xtovsiz hujumga o'tgan edi. Fazliddin esa arslondek hamma hamlaga javob qaytarib turishga urundi. 1-raund so'ngida barcha hakamlar bir ovozdan ustunlikni Ozarbayjonlik bokschiga berishadi. Ikkinchi raundda esa Fazliddin bor kuchini qo'lqoplariga yig'di va hujumga o'ta boshladi…

Eng hayajonlisi, g'olib aniqlanayotgan paytda sodir bo'ldi. Hakamlar kichik ustunlik bilan qizil burchak g'olib deb e'lon qilganida Fazliddin o'zini ko'z-ko'z qilgani yo'q, kamera oldida tomosha ham ko'rsatmadi, u shunchaki ko'z yoshlarini tiya olmay qoldi. Qarasam, oynayi jahon atrofidagi hamma yig'lamoqda. Fazliddin ringga o'tirib olib yosh bolalardek ko'z yosh to'kar, bu esa ushbu g'alaba ortida naqadar katta mehnat yotganini bildirardi.

Yodingizda bo'lsa Hasanboy Do'smatov chempionlik shohsupasida turgan paytda kadrga Fazliddining ko'zda yosh bilab turgan holati tushib qolgan edi. O'sha chog'da uning qalbidan qanday hayollar o'tgan ekan? Balki, u ham O'zbekiston bayrog'ini balandga ko'tarishni chin yurakdan istagandir? Balki, yurtdoshimizning jahon arenalarida bayrog'imizni eng balandda hilpirashiga sabab bo'lganiga havas ko'zlari bilan boqqandir? O'sha g'alabaning ertasi kuni avtobus bekatida turar ekanman ikki kishining suhbatini eshitib qoldim

-  Kecha boksni ko'rdingizmi?-  Ha, ko'z tegmasin, otasiga rahmat hammasini.-  Ayniqsa Fazliddinning raqibi kuchli edi, qoyilman engdi-  Nimasini aytasiz, o'zi ham yig'ladi, qolganlarniyam yig'latdi...

Darhaqiqat, Fazliddinning g'alabasidan so'ng qalbi faxrga to'lib yig'lagan faqat men emas ekanman. Qalbida zarracha vatan tuyg'usi bor inson borki, unga qo'shilib ko'z yosh to'kkan ekan.Ertaga, yuzu ko'zidan, har bir so'zidan samimiylik yog'ilib turgan, chin vatanparvar, o'zbek o'gloni - FAZLIDDIN G'OYIBNAZAROVNING Stadion.uz uchun bergan katta  intervyusini e'tiboringizga havola etamiz. …

Faoliyatingizni AQShda o'tkazayotganingiz sababli ko'pincha uydan uzoqda bo'lishingizga tog'ri keladi. Jangdan oldin, jangdan keyin tiklanish vaqtida yurt sog'inchi qiynaydimi?

-  Amerikadan zerikib ketgan odamlardan biri men bo'lsam kerak (Kuladi) To'g'risi yurtimni, oilamni juda sog'inaman. Uyimdagilarni, ayniqsa farzandlarimni ko'rgim keladi… Kelajagim, yaqinlarimni o'ylaymanda o'zimga-o'zim : «Kel, endi ozgina chiday, bir narsaga erishish uchun bir narsadan voz kechishim kerakku» , - deymanda o'zimni ovutaman. To'y, tug'ilgan kunlarda uyga ketgim keladi, lekin…Tartib va Intizomsiz hech narsaga erishib bo'lmasligini bilib, o'zimni qo'lga olaman. Hayotda ba'zi narsalar bo'ladi, ular uchun ayrim narsalarni qurbon qilsang arziydi. Menga qo'yib bersa, hoziroq uyga ketar edim (Kuladi)…

Batafsil o'qishni istasangiz, ertaga bizni kuzating!

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
1930 va 1950-yillaridagi finallardan tashqari har Jahon Chempionati finalida Yevropadan kamida bitta terma jamoa finalgacha yetib borgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 16
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™