BUTSA.NET
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:06
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi yig'inga kirishdi
sana 11 Fevral, 14:50 korildi 18
Avval xabar berib o'tganimizdek, O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi shu yilning aprel oyida Osiyo chempionati saralashining ikkinchi bosqichida ishtirok etadi.   Ana shu musobaqaga tayyorgarlik ko'rish maqsadida terma jamoa a'zolari kecha 10 fevral kunidan yig'inga kirishishdi. Yig'in Namangan shahrida o'tkazilmoqda.   Yig'ini davomida asosiy e'tibor futbolchi qizlarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilashga  qaratiladi. Karima Yo'ldosheva shogirdlari maydondagi mashg'ulotlardan tashqari, trenajyor zalida ham mashqlar olib borishadi. Shuningdek, yig'in davomida nazorat uchrashuvlari o'tkazish ham rejalashtirilgan.    Terma jamoa bosh murabbiyi Karima Yo'ldosheva mazkur yig'inga O'zbekiston U-16 terma jamoasi a'zosi bo'lgan Marina Kosnikova, Oysara Suyunova, Durdona Alieva va Angelina Polyushkevich kabi  bir qator futbolchilarni taklif qilgan. Maqsad kelajakda   O'zbekiston U-19 terma jamoasi asosini tashkil qiladigan yosh futbolchi qizlarni hozirdan tayyorlab borish.    Namangandagi o'quv-mashg'ulot yig'ini 19 fevralga qadar davom etadi. 

 

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
2002-yilgi JCH da Turkiyalik futbolchi Hakan Shukur raqib darvozasini 11-soniyasida gol urib JCHlardagi eng tezkor gol kiritgan futbolchi sifatida tarixga kirgan.
Bosh sahifa
Online: 1 / 27
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™