Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:47
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
O'zbekistonlik komissar Olim Arifov JCh-2018dan o'rin olgan Kosta Rika – Serbiya o'yiniga tayinlandi
sana 14 Iyun, 01:25 korildi 158

Shu yilning 14 iyun kuni Rossiya federatsiyasida Jahon chempionati bahslariga start beriladi.

Avvalroq, FIFA tashkiloti mazkur mundialda ishlashga O'zbekistondan O'FA Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i o'rinbosari Olim Arifovni taklif qilgani haqida avval xabar berib o'tgandik. Jahon chempionatlari tarixida birinchi marta o'zbekistonlik mutaxassis mundial o'yinlarida komissar sifatida ishlaydi

Qayd etish kerakki, shu paytga qadar nafaqat O'zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan birorta mutaxassis JChda komissar sifatida ishlamagan. Olim Arifov bu borada birinchi bo'ladi.

Olim Arifov FIFAdan dastlabki taqsimotni oldi. U JCh-2018 «E» guruhidan o'rin olgan Kosta Rika – Serbiya uchrashuvida ishlaydigan bo'ldi. Uchrashuv  17 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat  17:00da boshlanadi.


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
1943 yili Ispaniya chempionati 14-turidan o‘rin olgan «Barselona»-«Real» bahsida o‘ta jangovar hisob qayd etilgan – 5:5.
Bosh sahifa
Online: 2 / 35
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.UZ, 2018–2019™