BUTSA.UZ
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
O'zbekistonlik sportchilarning Paraosiyo o'yinlaridagi natijalari bilan tanishing
SANA 11 Oktyabr, 23:00 OQILDI 85

Indoneziyadagi Paraosiyo o'yinlarida ishtirok etayotgan sportchilarning natijalarini ushbu sahifa orqali onlayn ravishda kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

Engil atletika. Fahriddin Hamroev 1500 metrga yugurish bahslarida marraga birinchi bo'lib etib keldi va O'zbekistonga 31-oltin medalni taqdim etdi.

Suzishda endi 100 metrga chalqancha suzish bahslarida sportchilarimiz medallar shodasiga ega chiqishdi. Ikkita yo'nalish va beshta medal!

Erkaklar:

1-o'rin: Kirill Pankov

2-o'rin: Muzaffar Tursunxo'jaev

Ayollar:

1-o'rin: Shohsanamxon Toshpo'latova

2-o'rin: Nigoraxon Mirzohidova

3-o'rin: Fotimaxon Omilova

Engil atletikachilarimiz kechki dasturdagi chiqishlarda ishtirok etmoqdalar. Yadro uloqtirishda Muhammad Rihsimov BRONZA medalini qo'lga kiritdi.

Erkaklar o'rtasida 400 metrga yugurish bahslarida esa Miran Saxatov KUMUSh medalga sazovor bo'ldi. Ayollar o'rtasida 400 metrga yugurishda Sabina Suxanova BRONZA medaliga ega chiqdi.

Suzish. 100 metrga batterflyay usulida suzish bo'yicha bahslar yakunlandi. Erkaklar va ayollar o'rtasida o'tkazilgan bellashuvlarda olti nafar hamyurtimiz shohsupaga ko'tarildi!

Erkaklar:

1-o'rin: Islam Aslanov

2-o'rin: Kirill Pankov

3-o'rin: Dmitriy Xorlin

Ayollar:

1-o'rin: Shohsanamxon Toshpo'latova

2-o'rin: Fotimaxon Amilova

3-o'rin: Nigoraxon Mirzohidova.

Pauerlifting. Farhod Umirzoqov to'rtinchi natija bilan musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Dzyudo. Erkaklar o'rtasida o'tkazilgan jamoaviy bellashuvlarda esa sportchilarimiz uchinchi o'rin uchun bahsda mo'g'ulistonlik raqiblarni mag'lub etishdi. BRONZA MEDALI!

Dzyudo. Ayollar o'rtasidagi jamoaviy bahslarda hamyurtlarimiz finalgacha etib borishgandi. Hal qiluvchi janglarda afsuski Janubiy Koreya terma jamoasiga imkoniyat boy berildi. Bizda navbatdagi KUMUSh medal!

Disk uloqtirish bahslarida Safiya Burxanova 38,42 natija bilan KUMUSh medal sohibasiga aylandi.

Kunning dastlabki OLTIN medali! Doniyor Soliev uzunlikka sakrash bahslarida eng yaxshi natijani qayd etdi va oltin medalni terma jamoamiz hisobiga qo'shib qo'ydi.

Bugun musobaqalarda quyidagi sportchilarimiz ishtirok etdilar:

Engil atletika:

Donyor Soliev (uzunlikka sakrash)

Safiya Burxanova (disk uloqtirish)

Muhammad Rihsimov (yadro uloqtirish)

Yorqin Odilov (nayza uloqtirish)

Izzat Turg'unov (uzunlikka sakrash)

Sabina Suxanova (400 metrga yugurish)

Fahriddin Hamraev (1500 metrga yugurish)

Sirojiddin Norov (1500 metrga yugurish)

Suzish:

Dmitriy Xorlin (100 metr, batterflyay)

Islam Aslanov (100 metr, batterflyay)

Kirill Pankov (100 metr, batterflyay)

Muhammad Abduraimov (100 metr, batterflyay)

Shoxsanam Toshpulatova (100 metr, batterflyay)

Fotima Amilova (100 metr, batterflyay)

Nigora Mirzohidova (100 metr, batterflyay)

Dmitriy Xorlin (100 metr, chalqancha usul)

Muzaffar Tursunxo'jaev (100 metr, chalqancha usul)

Firdavsbek Musabekov (100 metr, chalqancha usul)

Kirill Pankov (100 metr, chalqancha usul)

Shohsanam Toshpulatova (100 metr, chalqancha usul)

Fotima Amilova (100 metr, chalqancha usul)

Nigora Mirzoxidova (100 metr, chalqancha usul)

Dzyudo:

Erkaklar jamoaviy bahsi

Ayollar jamoaviy bahsi

Pauerlifting:

Farhod Umirzoqov

Manba: stadion.uz

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Online: 57 (4/53)
© BUTSA.UZ – 2018