BUTSA.NET
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:02
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
PFL «So'g'diyona» futbol klubini ogohlantirdi
sana 6 Dekabr, 18:30 korildi 103

O'zbekiston Professional futbol ligasi “So'g'diyona” futbol klubi bosh murabbiy Sergey Lushchan bilan shartnomani uzaytirishi borasidagi xabarlar paydo bo'lganidan kelib chiqib, quyidagilarni ma'lum qiladi va klubni rasman ogohlantiradi.

1) Sergey Lushchan ayni vaqtda “Bunyodkor” futbol klubi bilan sudlashayotganidan va bu ishni O'FAni chetlab o'tib, boshqa organga oshirganidan kelib chiqib, rasman tushuntirish berishi kerak bo'ladi. Yo'qsa, PFL mazkur ishni O'FA ijroqo'mi byurosiga qadar oshirib, FIFA nizomlariga zid harakati uchun Lushchanni O'zbekistonda faoliyat olib borishini cheklash bo'yicha ish ochishni so'raydi.

2) Sergey Lushchan “Bunyodkor” klubi bilan shartnoma tuzayotgan vaqtida ayrim qonun hujjatlariga zid keluvchi holatlarga yo'l qo'ygan bo'lishi mumkin. “Bunyodkor” futbol klubining mazkur shubhasi o'z tasdig'ini topsa, har ikki tomon bu masala yuzasidan tegishli organlar oldida javob berishi kerak bo'ladi.

3) “So'g'diyona” futbol klubining Professional futbol ligasi oldida qarzdorligi mavjud. 2019 yilgi mavsum uchun klublarni litsenziyadan o'tkazish reglamenti allaqachon “So'g'diyona” klubiga elektron shaklda jo'natildi va PFL rasmiy saytida e'lon qilindi. Demak, qarzdorligi mavjud klublar transfer oynasida faol bo'la olmaydi. Bu holat bosh murabbiylar bilan tuziladigan shartnomalarga ta'luqlidir.

“So'g'diyona” futbol klubi yuqoridagilarni inobatga olib, barcha ish risoladagidek bo'lishini ta'minlashi so'raladi. Yo'qsa, klub va murabbiy o'rtasida tuzilgan shartnoma PFL tomonidan tan olinmaydi.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
Boshida "Liverpul"ning nomi "Everton Atletik" bo'lgan, keyin esa bitta shaharga ikkita "Everton" bo'lishini istashmagan.
Bosh sahifa
Online: 1 / 38
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™