BUTSA.NET
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:34
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Rasmiy xabar...
sana 8 Fevral, 04:50 korildi 820

La-Mansh bo'g'ozi yaqinidagi Gernsi oroli politsiyasi Angliyaning “Kardiff” klubi hujumchisi Emiliano Sala halokatga uchragan samolyot bortida futbolchining jonsiz tanasi borligini tasdiqladi. Bu haqda WorldNews nashri ma'lum qildi.

Avvalroq, Sala o'tirgan samolyotdan  topilgan jasad quruqlikga olib chiqilgan edi. Samolyot bortidan kimning tanasini chiqarilganligi oshkor qilinmayotgan edi. Tana kimga tegishli ekanini o'rganib chiqish natijasida ekspertlar politsiyaga murda Emiliano Sala ekanligini ma'lum qilishdi. Ushbu samolyot bortida Emiliano Sala va uchuvchi Devid Aybbotson bo'lgan.

Ma'lumot o'rnida, 21 yanvar kuni kechqurun Emiliano Sala Frantsiyaning “Nant” klubidagi jamoadoshlari bilan xayrlashib, “Kardiff Siti” bilan shartnoma imzolash maqsadida, xususiy samolyotda Uelsga uchib ketadi.

Biroq, samolyot ko'zlangan manzilga etib kelishidan 1 soat oldin radarlardan yo'qolib qoldi. Futbolchi halokatga uchrashidan avval WhatsApp’dagi chatga “hozir samolyot parchalanib ketsa kerak”, degan xabarni jo'natishga ulgurgan edi.

Samolyot qoldiqlari 3 fevral kuni dengiz ostidan topildi. Uni izlash ishlariga xayriya asosida katta miqdorda mablag' to'plandi.

Emiliano Raul Sala Taffarel – 1990 yil 31 oktyabr kuni Argentining Las-Kolonyas departamentida dunyoga kelgan.


Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
1995 yili jahonning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan liberiyalik Jorj Veada oz emas, ko‘p emas naq 15 nafar (!) aka-uka va opa-singli bo‘lgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 35
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™