Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:13
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Rigada MDH, Boltiqbo'yi va Gruziya MOQ vakillari ishtirokida mintaqaviy forum tashkil qilindi
sana 14 Iyun, 01:45 korildi 117

Latviya poytaxti Riga shahrida MDH, Boltiqbo'yi va Gruziya Milliy olimpiya qo'mitasi rahbarlari uchun mintaqaviy forum bo'lib o'tdi. Forumni Latviya Milliy olimpiya qo'mitasi Olimpiya birdamligi va MDH Milliy Olimpiya qo'mitalari Assotsiatsiyasi ko'magida tashkil qildi. Unda O'zbekiston Milliy olimiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov ham ishtirok etdi.

Ikki kun davom etgan yig'ilishda forum ishtirokchilari Olimpiya sport turlari rivoji, Olimpiya harakati bo'yicha o'zaro fikr almashishdi, taqdimot o'tkazib, o'z maruzalari bilan ishtirok etishdi.


Milliy olimpiya qo'mitasi mamlakatimizda Olimpiya Xartiyasi tamoyillarini buzmagan holda sport rivoji yo'lidagi harakat va targ'ibotni olib bormoqda. Barcha MOQlarning maqsadi bitta, uslublar esa o'zgacha. Forumda 15 mamlakat vakillari Olimpiya harakati, Olimpiya ta'limoti, talabalar sporti kabi masalalarni ham muhokama qilishdi. Shuningdek, Sport tibbiyoti, fan va ommaviy axborot vositalarining bog'liqligi ham o'rtaga tashlangan muhim mavzulardan biri bo'ldi.

Ishtirokchilar bundan tashqari sportchilarni xalqaro musobaqalarga tayyorlash tajribasi bilan ham o'rtoqlashishdi, muvaffaqiyatlar va turli muammolarni muhokama qilishdi. Ortda qolgan forum ishtirokchilar uchun haqiqiy axborot maydoni bo'ldi. Ular sport sohasidagi masalalar borasida yangi tajriba orttirishdi.



Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
Stenli Matteus 33 yillik faoliyati davomida biror marta ham ogohlantirilmagan yagona futbolchi. Eslatib o'tamiz, "Oltin to'p"ning birinchi sohibi aynan shu futbolchi sanaladi.
Bosh sahifa
Online: 2 / 53
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.UZ, 2018–2019™