Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Roman va «Chelsi»romani tugamoqdami?
. Qo‘shdi: Aman (WapUsta)
. 12 Oktyabr, 00:10 – . 178

Amerikalik biznesmen Pol Allen rossiyalik oligarx Roman Abramovichning asosiy ovunchog'i - «Chelsi»ni 3 milliard funt sterling evaziga sotib olishi mumkin.

Nahotki, Roman va «Chelsi» romani xotima topsa? Ochig'i, Abramovichning «aristokratlar»dan voz kechishiga ishonish qiyin...

Nima bo'ldi?

Mirror nashri ma'lumotlariga tayansak, «Chelsi»ga AQShdan jiddiy xaridor chiqmoqda. Gap MBA ishtirokchisi - «Portlend Treyl Bleyzers» va MFLda o'ynovchi «Sietl Sixouks» jamoalari sohibi, biznesmen Pol Allen haqida ketmoqda. Qo'shimcha qilinishicha, 65 yoshli milliarder o'tgan oy Nyu-Yorkda Abramovichga ancha yaqin isroillik futbol agenti Pini Zaxavi bilan uchrashib, «Chelsi»ni sotib olish imkoniyatlarini ko'rib chiqqan. Rossiyalik oligarx Zaxavidan klubni sotish bo'yicha barcha variantlarni obdon tahlil etishni so'ragandir balki. Zero, ularning o'rtalarida juda qalin do'stlik rishtasi bor. Aslida «Chelsi» xo'jayining o'zgarishi ehtimoli haqidagi ilk xabarlar shu yil bahorda tarqalgandi. Gap shundaki, o'shanda Abramovich Britaniya vizasini olish masalasida muammolarga yo'liqdi. Boz ustiga, «Stemford Brij»ni rekonstruktsiya qilish rejasi ham to'xtab qoldi. To'g'ri, bu ish katta mablag' talab etishini ham unutmaslik kerak.

Turli gap-so'zlarga qaramay, Abramovich iyun oyida Buyuk Britaniyaning eng badavlat fuqarosi - Jim Retkliffdan tushgan taklifni qabul qilmadi. U «Chelsi» uchun 2,3 milliard funt sterling to'lashga tayyorligini bildirgandi. Keyinroq rossiyalik milliarderning vakillari klubning boshlang'ich bahosi 3 milliard ekanligiga sha'ma qilishdi.

Pol Allen kim?

Allen Microsoft ta'sischilaridan biri hisoblanadi va barcha boyligini Bill Geyts bilan hamkorlikda to'plagan. Biznesmen anchadan buyon ta'minot loyihalari va ko'chmas mulk sohasi bilan shug'ullanuvchi turli kompaniyalarga sarmoya kiritmoqda. Asosiysi, u sport jamoalariga ham befarq emas. Mirror nashrida yozilishicha, ayni payt Allenning boyligi 20,2 milliard dollar (15,5 milliard funt)ga baholanmoqda. Umuman, amerikalik biznesmen jahonning eng boy odamlari reytingida 46-o'rinni egallab turibdi. Taqqoslash uchun aytsak, Abramovichning boyligi 11,5 milliard dollar (8,8 milliard funt)ga teng. Demakki, nazariy jihatdan qaraganda, Allen «Chelsi» ravnaqi yo'lida rossiyalik biznesmendan ko'proq pul ajratishi mumkin.

«Chelsi»ga nima naf?

Savol: kelishuv amalga oshsa, «Chelsi» qanday naf ko'radi? Taxminlarga ko'ra, bu variant klub uchun yomon emas. Birinchidan, Allen sport jamoalarini tasarruf qilishda etarli tajribaga ega. Deylik, «Siettl Sixouks» oxirgi 10 yillikda MFLning eng kuchli va omadli klublaridan biri bo'lib kelmoqda. Binobarin, bu klub mavqe jihatidan mashhur «Nyu-Inglend Petriots»dan aslo qolishmayapti. Natijalar misolida aytsak, Allen boshqaruv tepasiga kelganidan buyon «dengiz qirg'iylari» 3 marta Superboul (MFL g'olibini aniqlashtirib beruvchi final o'yini)da ishtirok etishdi va 2014 yili bosh sovringa ega chiqishdi. «Portlend» basketbol jamoasi esa MBA «pley-off» bosqichining ko'p yillik ishtirokchisidir. Darvoqe, Allen yana MLS klubi - «Siettl Saunders»da ham ulushga ega. Mavsum-2016da Liga kubogini yutgan bu jamoa ketma-ket 9 yildan buyon Konferentsiya yarim finaliga chiqmoqda.

Manba: sport-express.ru,

Aytish joiz, Roman Abramovich «Chelsi» taraqqiyoti yo'lida juda ko'p sarfladi, u ayniqsa, murabbiylarga etarlidan ortiqcha tovon puli to'ladi. Aniq raqamlarda aytsak, klubni 2003 yili 140 million funtga sotib olgan rossiyalik biznesmen ortda qolgan davrda jami 4 milliard funtdan ko'proq xarajat qildi.

- 1,5 milliard funtdan ko'p - barcha transferlar summasi (transfermarkt.de ma'lumotlari bo'yicha);

- 2,5 milliard funt - futtbolchilar, murabbiylar, menejerlar, xodimlar uchun maosh (Daily Mail nashri ma'lumotlari bo'yicha);

- 89,3 million funt - iste'foga chiqarilgan murabbiylar uchun to'langan tovon puli (The Sun nashri ma'lumotlari bo'yicha);

- 20 million funt - 2017 yili Kobxemda qurilgan mashg'ulotlar bazasi bahosi.

Manba: stadion.uz

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Hozir saytda: 64 (7/57)
© BUTSA.UZ – 2018