Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:30
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Ronaldu yozda «Yuventus»ni tark etishi mumkin
sana 7 Yanvar, 21:00 korildi 1083

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ushbu mavsum so'ngida boshqa jamoaga o'tishi mumkin.Don Balon tarqatgan xabarga ko'ra, BAA klubidan futbolchiga rad qilib bo'lmas taklif tushgan. Manbada aytilishicha, Amirlik klublaridan biri portugaliyalik futbolchiga 60 million evro yillik maosh to'lashga tayyor. Bu esa Krishtianuning "Yuve"da olayotgan maoshiga nisbatan ikki baravar ko'p.Bundan tashqari, Ronaldu Birlashgan Arab Amirliklari qiroli oilasining bir necha nafar a'zolari bilan yaxshi munosabatlarga ega.Krishtianu Ronalduning «Yuventus» bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan. U "keksa sinora" safida barcha musobaqalar doirasida 24ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol urdi va 8ta golga assistentlik qildi.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Qiziqarli faktlar
Xulio Iglesias yoshligida futbol darvozaboni bo'lgan va Madridning “Real” klubi uchun o'ynagan. Biroq, 20 yoshida avariyaga tushib, kasalxonada 3 yil yotganidan keyin uning futboldagi karerasi yakuniga yetgan. U falaj bo'lib qolgan va faqatgina qo'llarini ishlata olgan. Iglesias gitara chalishni o'rganib, keyinchalik mashhur ijrochiga aylangan.
Bosh sahifa
Online: 61 (1/60)
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.UZ, 2018–2019™