Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Ronalduning advokati «zo'rlash» ayblovi yuzasidan bayonot berdi
. Qo‘shdi: Aman (WapUsta)
. 11 Oktyabr, 08:10 – . 370

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning advokati Piter Kristiansen o'zining mijoziga qo'yilayotgan ayblov yuzasidan bayonot berdi.«Krishtianu Ronaldu mazkur jinoyat ishida barcha ayblovlarni inkor qilmoqda. Go'yoki Ronalduga aloqador deya OAVda e'lon qilinayotgan hujjatlar — barchasi uydirma.2015 yilda Evropaning bir qancha tashkilotlariga xakkerlik hujumi uyushtirilgan va elektron hujjatlar o'g'irlangan. Xaker ularni sotishga harakat qildi. OAV esa o'ylab o'tirmasdan ularni e'lon qilmoqda. Ushbu hujjatlarnnig aksariyati o'zgartirilgan yoki to'laligicha soxtalashtirilgan.Yana takrorlayman, Krishtianu Ronalduning pozitsiyasi o'zgarmasdan qoladi: 2009 yilda Las-Vegasda yuz bergan hodisada hech qanday zo'rlash bo'lmagan, barchasi ixtiyoriy ravishda yuzaga kelgan», – deyiladi bayonotda.

Manba: stadion.uz

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Hozir saytda: 67 (7/60)
© BUTSA.UZ – 2018