BUTSA.NET
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:42
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini 14 dekabr kuni o'tkazadi
sana 6 Dekabr, 17:25 korildi 136

Professional boksda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz, Shohjahon Ergashev 14 dekabr kuni o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi. Rossiyaning Krasnodar shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida 26 yoshli bokschimiz ugandalik tajribali bokschi Badru Lusambiyaga qarshi ringga kutariladi.

Ma'lumot o'rnida aytib o'tamiz, Shohjahon Ergashev hozirga qadar prof boksda 14 jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. U 13 jangida raqiblarini nokautga uchratgan.

36 yoshli Badru Lusambiyaning hisobida esa 32 jang bor. U 26 ta jangda g'alabaga erishgan, to'rt marta esa durang natija qayd etgan. Ikki bahsda esa mag'lubiyatga uchragan. Badru 24 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
“Stad Olimpik Emrin” deb nomlanuvchi Madagaskar chempionatida ishtirok etuvchi klub futbolchilari 2002-yilgi mavsum chempioni “AS Adema” jamoasi bilan bo’lgan bahsda o’z darvozalariga 149 ta avtogol kiritadilar.
Bosh sahifa
Online: 1 / 36
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™