BUTSA.NET
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:34
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Shota Arveladze: «G'alaba qozonishni maqsad qilganmiz»
sana 11 Fevral, 14:55 korildi 48

Bugun Osiyo chempionlar ligasining 2-saralash bosqichidan o'rin olgan “Paxtakor” – “Eyr Fors” uchrashuviga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Ushbu matbuot anjumanida “Sherlar” bosh murabbiyi Shota Arveladze fikrlarini bildirib o'tdi.

“Boshlanayotgan futbol mavsumi bilan tabriklayman. Biz yaxshi o'yin namoyish etgan holda muxlislarni xursand etishni istaymiz. Havo iliq bo'lishi kutilmoqda, stadionga ko'plab ishqibozlar kelishini kutmoqdaman.

Raqibning bir necha o'yinlarini o'rgandik. Ular tajribali jamoa,  uch bor OFK Kubogida g'olib chiqishdi. Lekin uyda biz g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz. 

Tayyorgarlik davrida boshida tarkib to'liq bo'lmadi, ko'p o'yin o'tkazmadik. Vaziyatdan chiqishga urinamiz. Tarkibga imkon qadar zarur o'yinchilar taklif etildi.

E'tiborni mahalliy futbolchilarga qaratdik. O'ynash uchun barchada imkon bo'ladi. Yangi o'yinchilarga ishonchimiz borligi uchun ular bilan shartnoma imzoladik. Ulardan ko'p narsa kutib qolamiz”, - deydi Arveladze.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
Brazilyalik Ronaldoning JCh-2002 finalidagi o‘ziga xos soch turmagi The Sun nashri tomonidan futbol tarixida eng yaxshisi, deb topilgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 35
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™