BUTSA.NET
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:42
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Sud Kokoringa hukm oqidi
sana 11 Oktyabr, 23:55 korildi 176

Moskva shahrining Tverskoy sudi “Zenit” hujumchisi Aleksandr Kokorin va uning ukasi Kirillni 8 dekabrga qadar hibsda qoldirdi.

Eslatib o'tamiz, 8 oktyabr kuni aka-uka Kokorinlar va “Krasnodar” yarimhimoyachisi Pavel Mamaev Moskvadagi qahvaxonalardan birida Minpromtorg mulozimi Denis Pak va “NAMI” tashkiloti rahbari Sergey Gaysinni do'pposlashgan edi.

Bu mojarodan biroz oldin esa “Perviy kanal” boshlovchisi Olga Ushakovaning haydovchisiga hujum qilishgan. Jabrlanganlar turli tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. B

u ish yuzasidan Moskva politsiyasi 213-modda (Bezorilik) bo'yicha jinoyat ishi ochdi va ishtirokchilarni hibsga oldi. Aybdorlarga 7 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
La-Ligada ilk marta ishtirok etayotgan "Eybar" jamoasining stadioni ya'ni "Munisipal de Ipurua" o'z bag'riga 5250 muxlisni sig'dira oladi halos.
Bosh sahifa
Online: 0 / 25
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™