Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Sun'iy idrok JCh-2018 natijalarini taxmin qildi
. Qo‘shdi: Aman (WapUsta)
. 14 Iyun, 00:45 – . 303

Dortmund Texnika universitetidan bo'lgan tadqiqotchilar neyron tarmoqni ishlab chiqishdi, u futbol bo'yicha jahon chempionati natijalarini taxmin qilib ko'rdi. Bu haqdagi batafsil ma'lumot ArXiv.org servisidagi maqolada e'lon qilingan.

Olimlar neyrotarmoqlarni o'rgatish uchun «tasodifiy o'rmon»dan (random forest) foydalanishdi, u qarorlar qabul qilishda daraxt komplekslaridan foydalanishga asoslangan - statistika va prognozlash uchun ma'lumotlar tahlilida qo'llaniluvchi vosita. Bunda 2002-2014 yillarda bo'lib o'tgan jahon chempionatlaridagi g'alaba to'g'risida ma'lumot asos qilib olindi.

Natijaga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan omillar orasida mamlakat YaIM va aholisi, milliy termalar reytingi, jamoalarning o'ziga xos jihatlari (EChLdagi o'yinchilar soni, o'rtacha yosh) bor bo'lib, avvaliga neyrotarmoq Ispaniyani 17,8 foizlik ehtimol bilan g'olib sifatida tanladi.

Biroq, jamoalarning chempionat turli bosqichdagi g'alabalari bo'yicha 100 ming ehtimoliy variant o'rganilganidan so'ng, neyrotarmoq boshqa xulosaga keldi. Endi Germaniya etakchilikka chiqib oldi. Ammo, prognozga ko'ra, u Ispaniyani chorak finalda mag'lub etsa, jahon chempioni bo'ladi.

JCh-2018 ochilish uchrashuvida maydonga tushadigan Rossiya va Saudiya Arabistoni esa, sun'iy idrok prognozlariga ko'ra, hattoki chorak finalga ham etib bora olmaydi.


Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Hozir saytda: 59 (7/52)
© BUTSA.UZ – 2018