BUTSA.UZ
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Turinda drama. «MYu» so'nggi daqiqalarda «Yuventus»ni mag'lub etdi (video)
BOLIM Futbol yangiliklari
SANA 8 Noyabr, 07:25 OQILDI 283

Evropa chempionlar ligasining 4-turida muxlislar dramatik o'yin guvohiga aylanishdi. O'z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qilgan "Yuventus", so'nggi daqiqalarda nafaqat g'alabani qo'ldan chiqardi, balki mag'lubiyatga ham uchradi.Uchrashuv davomida mezbonlar katta ustunlikka ega bo'lishdi, biroq birinchi bo'limda gol urishga ularga nasib qilmadi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida Bonuchchi tomonidan maydon markazidan etkazilgan uzatma natijasida Krishtianu Ronaldu to'pni erga tushirmasdan darvozaga joylab qo'ydi. Keyingi daqiqalarda turinliklar kamida yana bir necha marta raqib darvozasini ishg'ol qilishlari mumkin edi, ammo to'p ikki marta darvoza ustuni va to'sinigi tegib qaytdi. Mankunianliklar o'yinning so'nggi 10 daqiqasida faollashib qolishdi va buning uchun mukofotlanishdi. Bahsning 86-daqiqasida Xuan Mata jarima zarbasini ajoyib tarzda golga aylantirdi. Oradan 3 daqiqa o'tib, "MYu" bu safar qanotdan "standart"ga ega bo'ldi. Jarimadan etkazib berilgan to'pni "Yuve" posboni Shchesni qaytardi, ammo to'p Bonuchchining boshiga tegib, to'rga borib tushdi.O'yinga qo'shib berilgan 4-daqiqada "Yunayted" uchinchi golni ham urishi mumkin edi. Qarshi hujum tufayli Reshford darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi. To'p Shchesnining oyog'iga tegib, ustun yonidan o'tib ketdi. Ushbu g'alabadan keyin "MYu" o'z ochkolarini 7taga etkazib, hisobida 9 ochko mavjud bo'lgan "Yuventus"ga yaqinlashib oldi. "Valensiya" esa kecha oqshom o'z maydonida "Yang Boyz"ni mag'lub etdi va 5 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi.EChL, "H" guruhi, 4-turYuventus Italiya – Manchester Yunayted Angliya 1:2 (0:0, 1:2)Gollar: 1:0 – 65 Ronaldu, 1:1 – 86 Mata, 1:2 – 89, avtogol Aleks Sandro. Yuventus – Shchensnii, De Shilo (Bardzali, 83), Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Kuadrado (Mandjukich, 90), Xedira (Matyuidi, 61), Pyanich, Bentankur, Dibala, Ronaldu.Manchester Yunayted – De Xea, Yang, Smolling, Lindelef, Shou, Errera (Mata, 79), Matich, Pogba, Lingard (Reshford, 70), Sanches (Fellayni, 79), Marsyal.Ogohlantirishlar: Matich (12), Aleks Sandro (55), Dibala (75), Errera (75), Marsyal (90).Valensiya Ispaniya – Yang Boyz Shveytsariya 3:1 (2:1, 1:0)Gollar: 1:0 – 14 Santi Mina, 1:1 – 37 Assale, 2:1 – 42 Santi Mina, 3:1 – 56 Soler. Valensiya – Neto, Vass, Garay, Gabriel, Gayya, Soler, Koklen, Kondogbia (Ruben Vezu, 87), Gedesh (Ferran Torres, 75), Rodrigo, Santi Mina (Gameyro, 68).Yang Boyz – fon Ballmos, Mbabu, Lauper, fon Bergen, Benito, Fassnaxt (Nsame, 61), Sou, Sanogo, Ngamale (Suleymani, 46), Oaro (Ebisher, 75), Assale.Ogohlantirishlar: Ngamale (18), Santi Mina (22), Gayya (30), Mbabu (35), Benito (38), Lauper (57), fon Bergen (67), Soler (81).Chetlatish: Sanogo (77).

Manba: stadion.uz

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Online: 44 (5/39)
© BUTSA.UZ – 2018