Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Umid Ahmadjonov: “Prezident insonlarni afv etmoqda, biz ham adashgan futbolchilarga imkon beramiz”
. Qo‘shdi: Aman (WapUsta)
. 14 Iyun, 00:55 – . 143

Avvalroq, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi o'zi chetlatgan besh nafar futbolchiga qayta imkon berishi to'g'risida xabar bergan edik. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi va O'FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov yuqoridagi jarayon bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. “Hayotda hamma xato qiladi, buni tushunish mumkin. Ammo, bitta xatoni ikki bor qaytalashni tushunib bo'lmaydi. Futboldan chetlashtirilgan yigitlar hali ancha yosh. Ular xato yo'lga kirganini tushunib etdi. Mamlakatimiz Prezidenti bilmay ayb ish qilayotgan minglab insonlarni afv etayotgan bir vaqtlarida, biz ham tushunib-tushunmay noto'g'ri ishga qo'l urgan futbolchilarga yana bir bor imkon berishimiz kerak. Endi ular g'irromlik nima ekanini yaxshi tushunadi. Buyog'iga ulardan o'zini sportga bahshida etib, yuqori cho'qqilar sari intilish talab etiladi”, dedi Umid Ahmadjonov. “Yillar davomida o'smirlarimiz qo'lga kiritib kelgan yutuqlarga shubha bilan qarashimizning o'ziyoq uyat. Biz nafaqat bolalar futbolini, balki o'zimizni aldab kelganmiz. Bizda bolalardan natija talab qilinmaydi, biz katta futboldan natija kutamiz. Bolalar sportini esa sofligicha qoldirish tarafdorimiz. O'z navbatida mana shu soflikka rahna soladigan insonlarga oramizda joy yo'q”, deb fikr bildirdi O'FA birinchi vitse-prezidenti. “Hali ham kech emas, hammasini qaytadan, to'g'ri yo'lda boshlash uchun vaqtimiz ham, imkoniyatimiz ham etarli. Bir necha oylar davomida sevimli kasbidan uzoqda bo'lgan futbolchilar, qolganlarga o'rnak bo'lsin. Zero, keyingi aybdorlar kechirilmasligi ham mumkin. Qaytadan imkoniyat berilayotganlardan esa faqat va faqat yuqori marralarni umid qilib qolamiz. Endi ularda o'zlarini ko'rsatish uchun imkoniyat bo'ladi”, deya fikrini yakunlagan Ahmadjonov MOQ Matbuot xizmatiga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ilk marotaba muborak Ramazon hayiti munosabati bilan hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va tuzalish yo'liga qat'iy o'tgan ozodlikdan mahrum etish jazosini o'tayotgan 226 nafar fuqaroni afv etgandi.

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Hozir saytda: 88 (8/80)
© BUTSA.UZ – 2018