Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:12
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Urugvay – O'zbekiston: 3-0. Sharmandali mag'lubiyat, ammo...
sana 8 Iyun, 06:25 korildi 1373

Urugvay terma jamoasiga qarshi kechgan o'yinni o'zgacha ishtiyoq bilan ko'rdim. Yaxshi o'yin bo'ldi. Men kutgan va kutmagan jarayonlar kuzatildi.

O'yindan oldin ikki xil fikrga ega edim. Agar Oskar Tabarez mazkur o'yinga ikkinchi tarkibni tushirsa, vakillarimizda o'yinda ijobiy natijaga erishish uchun imkoniyat bo'ladi. Yoki agar urugvayliklar asosiy tarkibda maydonga tushishsa, mag'lubiyatga uchrashimiz deyarli aniq. Yo'q, bu pessimistik fikr emas, shunchaki vaziyatga real qarash. Axir Superligada to'p tepib yurgan futbolchilar bilan “Barselona” va “PSJ” kabi klublarda o'ynab yurgan futbolchilarning o'rtasida katta farq bor. Bu o'z-o'zidan tushunarli. Shu bois urugvayliklar asosiy tarkibda tushganini ko'rib, o'zimni mag'lubiyatga ruhan tayyorladim, shuning uchun yirik hisobdagi mag'lubiyat menga uncha ta'sir qilmadi, qolaversa, bu o'yindan maqsad g'alaba qozonish ham emasdi.

Maqsad birinchi navbatda kuchli terma jamoalar bilan o'ynash an'anasini boshlash. Uzoq muddat o'ta kuchsiz terma jamoalarni topib kelgan sobiq terma jamoalar markazining sovuq an'anasiga davomi


Fikrlar
Qiziqarli faktlar
Boshida "Liverpul"ning nomi "Everton Atletik" bo'lgan, keyin esa bitta shaharga ikkita "Everton" bo'lishini istashmagan.
Bosh sahifa
Online: 2 / 54
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.UZ, 2018–2019™