Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:13
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Velosport. Shosse bo'yicha terma jamoamiz a'zolari Toshkentdagi Osiyo chempionatiga hozirlik ko'rishmoqda
sana 11 Yanvar, 16:10 korildi 8

Xabaringiz bor, shu yilning 22-28 aprel kunlari Toshkent shahrida velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionati o'tkaziladi. Shu munosabat bilan shosse bo'yicha terma jamoamiz a'zolari yurtimizda bo'lib o'tadigan qit'a birinchiligiga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini boshlashdi.

Bugun, 11 yanvar kuni murabbiy Yu.Abrekov boshchiligidagi sportchilarimiz Farg'ona viloyatida o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishdilar. 30 yanvarga qadar davom etadigan yig'inda 19 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

Eslatib o'tamiz, Osiyo chempionatida qit'amizning 40 ga yaqin davlatidan 500 nafardan ziyod velosportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu qit'a chempionati Tokio 2020 Olimpiadasiga litsenziya taqdim etuvchi musobaqa hisoblanadi.

Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
1989 yilgi Libertadores kubogi finalida Kolumbiyaning «Atletiko Nasonal» klubi posboni Rene Igita penaltilar seriyasida 1ta gol uradi va 4ta zarbani bartaraf etadi.
Bosh sahifa
Online: 70 (2/68)
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.UZ, 2018–2019™