Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
“Yozyovon-Lochinlari” badal pulining yarmini to'ladi
. Qo‘shdi: Aman (WapUsta)
. 10 Avgust, 22:00 – . 15

O'zbekiston Professional futbol ligasi shu mavsumdan boshlab klublar bo'ynidagi har qanday qarzdorliklarga jiddiy e'tibor berib kelayotgani yaxshi ma'lum. 

PFL bu borada mavjud 30ta klubni transfer oynasi ochilishidan oldinoq ogohlantirib keldi. Natijada PEPSISuperliga klublaridan tortib, Pro-Liga jamoalariga qadar PFLga hisobot topshirdi. Ya'ni, klublar bo'ynidagi qarzdorliklar, ularning futbolchi va murabbiylar oldidagi majburiyatlari aniq-tiniq belgilab olindi. Biroq “Yozyovon-Lochinlari” klubi rahbariyati transfer oynasi vaqtida PFL talabini bajarishga beparvolik bilan munosabatda bo'ldi.  

Faqatgina Pro ligada yozgi tanaffus yakunlanishiga 2 kun qolganidagina ushbu jamoa vakillari harakatga tushishdi. Kecha klub badal pulidan mavjud bo'lgan qarzdorlikning yarmini to'ladi. Shu boisdan “Yozyovon-Lochinlari” klubiga 20-tur o'yinini o'tkazishga ruxsat berildi. Endi mazkur jamoa kelasi tur start olishidan 1 kun avval (14 avgustgacha)to'liq hisob-kitob qilishi zarur bo'ladi. Yo'qsa jamoa Pro-Ligadan muddatidan oldin chetlashtiriladi. 

Manba: stadion.uz

Fikrlar
Faqat sayt foydalanuvchilari fikrlarni o'qish va fikr bildirish huquqiga ega!
Bosh sahifa
Hozir saytda: 55 (2/53)
© BUTSA.UZ – 2018