BUTSA.NET
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:11
KirishA'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Yunon-rum kurashchilar Zagrebda beshta medalga sazovor bo'lishdi
sana 11 Fevral, 11:35 korildi 9

9-10 fevral kunlari Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida yunon-rum kurashi bo'yicha kattalar o'rtasida reyting turniri bo'lib o'tdi. Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ham ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunlariga ko'ra besh nafar sportchimiz sovrindorlar qatoridan joy oldi:

-63 kg: Islomjon Bahromov (oltin)-63 kg: Feruz To'xtaev (bronza)-67 kg: Elmurat Tasmuradov (oltin)-97 kg: Jahongir Turdiev (bronza)-130 kg: Mo'minjon Abdullaev (kumush)

Sportchilarimiz ushbu musobaqa orqali Tokio 2020 Olimpiadasi litsenziyasi uchun qimmatli reyting ochkolarini ishlab olishdi.

Qayd etish lozimki, terma jamoamiz vakillari turnirda umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallashdi. Birinchi pog'onadan Turkiya terma jamoasi joy olgan bo'lsa, kuchli uchlikka mezbon Xorvatiya terma jamoasi yakun yasadi.


Manba: stadion.uz


Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Qiziqarli faktlar
1930-yilgi mundialda Urugvay terma jamoasi safida bir qo‘lli futbolchi Ektor Kastro harakat qilgan. Bundan tashqari u ana shu chempionatning so‘ngi goliga mualliflik qilgan.
Bosh sahifa
Online: 0 / 31
Foydalanuvchi qoidalari
© BUTSA.NET, 2018–2019™